Nemis byurokratiyasi lug'ati (Amtsdeutsch)
Rasmiy xatlar, idoralar va shartnomalarda uchraydigan eng qo'rqinchli 30+ atamaning oddiy tildagi izohi.
Aktenzeichen
Idoradagi sizning ishingizning unikal raqami. Xat yozganda yoki qo'ng'iroq qilganda buni aytmasangiz, ishingizni topa olishmaydi.
Rechtsbehelfsbelehrung
Har qanday rasmiy xatning oxiridagi blok. Agar qarorga rozi bo'lmasangiz, qancha vaqt ichida (odatda 1 oy) va qayerga e'tiroz (Widerspruch) berish mumkinligini bildiradi.
Bescheid
Davlat idorasi (Finanzamt, Jobcenter, Ausländerbehörde) chiqargan rasmiy yuridik hujjat (masalan, soliq hisoboti yoki viza berish/rad etish).
Wohnungsgeberbestätigung
Bürgeramt da propiska (Anmeldung) qilish uchun uy egasi to'ldirib, imzolab berishi SHART bo'lgan yagona qonuniy varaq.
Kaltmiete vs. Warmmiete
Kaltmiete — faqat devorlar uchun to'lov. Warmmiete — isitish, chiqindi va kommunal xarajatlar (Nebenkosten) qo'shilgan haqiqiy to'lanadigan summa.
Betriebskostenabrechnung
Yilda bir marta uy egasi yuboradigan qog'oz. Yil davomida to'lagan pulingiz bilan haqiqiy sarflangan isitish va suv hisob-kitob qilinadi (qaytarib berishadi yoki qo'shimcha to'lash talab qilinadi).
Fiktionsbescheinigung
Ausländerbehörde sizning asosiy VNJ (Aufenthaltstitel) kartangizni tayyorlayotgan paytda beriladigan yashil qog'oz. U qonuniy ishlash va qolish huquqini saqlaydi.
Schufa-Auskunft
Germaniyadagi moliyaviy obro'ingiz. Agar qarzlaringiz bo'lmasa, ball yuqori bo'ladi. Kvartira ijaraga olishda egalari buni albatta so'rashadi.
Abmahnung
Advokatlardan keladigan qattiq xat (masalan, internetdan noqonuniy kino yuklab olganda). Hech qachon shoshilib imzolamang yoki to'lamang, avval advokatga ko'rsating!
Steueridentifikationsnummer (Steuer-ID)
Germaniyada bir umrga beriladigan 11 xonali raqam. Anmeldung qilganingizdan keyin pochta orqali keladi. Buni ish beruvchingizga topshirish shart.
Arbeitsunfähigkeitsbescheinigung (eAU)
Shifokor (Hausarzt) beradigan kasallik ma'lumotnomasi. Hozir u avtomatik tarzda sug'urtangizga yuboriladi, ish beruvchingiz esa uni onlayn yuklab oladi.
Widerspruch
Davlat idorasining nohaq qaroriga qarshi qonuniy shikoyat arizasi. Muddati qat'iy: xat olingan kundan boshlab 1 oy ichida topshirilishi shart!