NemisPro — nemis tilini o'rganishNemisPro
Favqulodda raqamlar

Germaniyadagi eng muhim tezkor raqamlar

110 va 112 dan tashqari: dam olish kunlari shifokor (116 117), kartani muzlatish (116 116) va dispetcherga aytiladigan nemischa iboralar.

Tez yordam va O't o'chiruvchilar (Feuerwehr / Notarzt)

Hayot uchun xavfli holatlar: nafas qisishi, yurak xuruji, kuchli qon ketish, yong'in yoki og'ir baxtsiz hodisalar.

Qachon qo'ng'iroq qilish kerak?

Faqat darhol o'lim yoki og'ir nogironlik xavfi bo'lganda!

Dispetcherga nemis tilida aytiladigan tayyor gaplar:
"Es handelt sich um einen Notfall!"Bu favqulodda holat!
"Die Person ist nicht ansprechbar / bewusstlos."Bemor hushidan ketgan / javob bermayapti.
"Meine Adresse ist: [Straße, Hausnummer, Etage]."Mening manzilim: [Ko'cha, uy raqami, qavat].

Politsiya (Polizei)

Jinoyatlar, hujum, o'g'irlik, tahdid, yo'l-transport hodisalari yoki xavf tug'ilganda.

Qachon qo'ng'iroq qilish kerak?

Xavf tug'ilganda yoki jinoyat sodir bo'layotganda.

Dispetcherga nemis tilida aytiladigan tayyor gaplar:
"Ich brauche dringend die Polizei!"Menga zudlik bilan politsiya kerak!
"Hier ist gerade ein Einbruch / ein Unfall passiert."Bu yerda o'g'irlik / avariya sodir bo'ldi.

Dam olish kunlari navbatchi shifokor (Ärztlicher Bereitschaftsdienst)

Tunda, shanba, yakshanba va bayram kunlari shifokor kerak bo'lsa (yuqori harorat, o'tkir shamollash, bel og'rig'i, ammo hayotga to'g'ridan-to'g'ri xavf yo'q).

Qachon qo'ng'iroq qilish kerak?

Kasalxonaga yoki 112 ga bormasdan, navbatchi shifokorni chaqirish yoki manzilini bilish uchun.

Dispetcherga nemis tilida aytiladigan tayyor gaplar:
"Ich habe hohes Fieber und starke Schmerzen."Menda yuqori harorat va kuchli og'riq bor.
"Welche Notfallpraxis hat jetzt geöffnet?"Hozir qaysi navbatchi klinika ochiq?

Bank kartalarini tezkor muzlatish (Sperr-Notruf)

Kashlyok, hamyon, bank kartasi (Girocard, Visa, Mastercard) yoki onlayn-banking ma'lumotlari yo'qolganda yoki o'g'irlanganda.

Qachon qo'ng'iroq qilish kerak?

Kartani yo'qotganingizni bilishingiz bilan darhol!

Dispetcherga nemis tilida aytiladigan tayyor gaplar:
"Ich möchte meine Bankkarte sofort sperren lassen."Men bank kartamni zudlik bilan bloklatmoqchiman.
"Meine IBAN lautet: [DE...]."Mening IBAN raqamim: [DE...].

Zaharlanish bo'yicha tezkor markaz (Giftnotruf Berlin / Bundesweit)

Bolalar yoki kattalar kimyoviy modda, dori vositasi, zaharli o'simlik yoki yuvish vositasini yutib yuborganda nima qilishni aytadigan mutaxassislar.

Qachon qo'ng'iroq qilish kerak?

Kusishni qo'zg'ashdan OLDIN darhol qo'ng'iroq qiling!

Dispetcherga nemis tilida aytiladigan tayyor gaplar:
"Mein Kind hat Reinigungsmittel / Tabletten geschluckt."Bolam yuvish vositasi / tabletka yutib yubordi.
0800 111 0 111

Ruxiy va inqirozli holatlarda yordam (TelefonSeelsorge)

Depressiya, yolg'izlik, ruhiy tushkunlik, vatan sog'inchi yoki qiyin hayotiy vaziyatda bepul va anonim suhbat.

Qachon qo'ng'iroq qilish kerak?

Yordam va suhbatga muhtoj bo'lganingizda (bepul).

Dispetcherga nemis tilida aytiladigan tayyor gaplar:
"Ich brauche jemanden zum Reden."Menga suhbatlashish uchun kimdir kerak.